TOSHVZITI VAKILLARI XITOYNING YIRIK “KPC PHARMACEUTICALS” LABORATORIYALARIDA
TOSHVZITI VAKILLARI XITOYNING YIRIK “KPC PHARMACEUTICALS” LABORATORIYALARIDA

12-Avgust, 2025-yil 12:22

TOSHVZITI VAKILLARI XITOYNING YIRIK “KPC PHARMACEUTICALS” LABORATORIYALARIDA

TOSHVZITI VAKILLARI XITOYNING YIRIK “KPC PHARMACEUTICALS” LABORATORIYALARIDA

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti vakillari Xitoyning yetakchi farmatsevtika korxonalaridan biri — “KPC Pharmaceuticals” kompaniyasi laboratoriyalariga tashrif buyurishdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, KPC Pharmaceuticals — Xitoy Xalq Respublikasi va xalqaro miqyosda faoliyat yuritadigan yirik farmatsevtika kompaniyasi bo‘lib, u asosan o‘simlik asosidagi dorilarni tadqiq etish va ularni ishlab chiqarish, marketing va ulgurji savdosini yo‘lga qo‘ygan. Kompaniya nafaqat an’anaviy retseptlarni zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtiradi, balki xalq tabobati merosini ilmiy asosda qayta tiklash bo‘yicha ham ilg‘or ishlanmalarni olib boradi.

Tashrif davomida ToshVZITI jamoasi kompaniya laboratoriyalarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, zamonaviy texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Mutaxassislar bilan o‘zaro fikr almashildi, hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida esa delegatsiya, Xitoyning xalq tabobati an’analari mujassam bo‘lgan maxsus muzeyga yo‘l oldi. Bu yerda dorivor giyohlar, tabiiy o‘simliklar va ularning shifobaxsh xususiyatlari, turli davr va hududlarga xos davolash usullari bo‘yicha boy ma’lumotlar taqdim etildi. O‘simliklarni quritish, saqlash va qayta ishlash jarayonlari hamda tabiat in’omlaridan tibbiyot sohasida oqilona foydalanish imkoniyatlari haqida so’z bordi.

Bu tashrif ToshVZITI hamda KPC Pharmaceuticals o‘rtasida kelajakda o‘zaro foydali ilmiy va ishlab chiqarish hamkorligini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, xalq tabobati va zamonaviy farmatsevtika yutuqlarini uyg‘unlashtirishda ulkan zamin yaratadi.