TOSHVZITI VA WALVAX O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
TOSHVZITI VA WALVAX O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

15-Avgust, 2025-yil 10:41

TOSHVZITI VA WALVAX O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

TOSHVZITI VA WALVAX O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Xitoy Xalq Respublikasining Yunnan provinsiyasi, Kunming shahrida joylashgan “Walvax” kompaniyasi bosh ofisida Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti hamda “Walvax” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Uchrashuv doirasida ToshVZITI delegatsiyasi Walvax kompaniyasining, vaksina ishlab chiqarish korxonasi va laboratoriyalariga tashrif buyurib, vaksinalarni ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Jarayonning har bir bosqichi, xomashyo tayyorlashdan tortib sifat nazoratigacha, mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va xalqaro standartlarga moslashtirish jarayonlari haqida ma’lumot berildi.

Kunning ikkinchi qismida tomonlar vaksina ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar va istiqbolli loyihalarni muhokama qildilar. Uchrashuv davomida xalqaro tajribalarni o‘zaro almashish, ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etish va kelajakdagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash masalalari ko‘rib chiqildi.

Imzolangan memorandum ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi. Hujjat kelgusida birgalikda innovatsion ilmiy loyihalarni amalga oshirish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish va xalqaro miqyosda vaksina ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Bu esa nafaqat ikki tashkilot, balki global sog‘liqni saqlash sohasida ham muhim ahamiyatga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.