“BIONTECH SE” KOMPANIYASIDAN “SENIOR SCIENTIST” TOSHVZITIGA RASMIY TASHRIF BUYURDI
“BIONTECH SE” KOMPANIYASIDAN “SENIOR SCIENTIST” TOSHVZITIGA RASMIY TASHRIF BUYURDI

14-Noyabr, 2025-yil 15:12

“BIONTECH SE” KOMPANIYASIDAN “SENIOR SCIENTIST” TOSHVZITIGA RASMIY TASHRIF BUYURDI

🧪 BioNTech SE kompaniyasining Senior Scientist (Formulation & Discovery and Testing) yo‘nalishidagi yetakchi mutaxassisi Stanislav Kan Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutiga rasmiy tashrif buyurdi.

🧬 Uchrashuv davomida mehmon institutning laboratoriya sharoitlari, ilmiy-uskunalar bazasi va davom etayotgan tadqiqot yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdi.

💉 Tashrif jarayonida vaksina texnologiyalari, biologik dori vositalarini ishlab chiqish, mRNA platformalari va zamonaviy immunoterapiya bo‘yicha mutaxassis tajribasidan foydalanish borasida fikr almashildi.

🤝 Tomonlar o‘rtasida ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashinuvi va istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.
Ma’lumot uchun:

🌍 BioNTech SE — Germaniyaning Maynts shahrida joylashgan, immunoterapiya va mRNA texnologiyalariga ixtisoslashgan dunyodagi yetakchi biotexnologik kompaniyalardan biridir.
Kompaniya 2008-yilda professor Uğur Şahin, Özlem Türeci va Christoph Huber tomonidan asos solingan bo‘lib, saraton kasalliklariga qarshi immunoterapiyalar, mRNA asosidagi dori vositalari, hujayraviy terapiyalar va infeksion kasalliklarga qarshi innovatsion vaksina platformalari bilan tanilgan.

🚀 Tashrif ToshVZITI va BioNTech SE o‘rtasida kelajakdagi qo‘shma ilmiy tashabbuslar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.