FARMATSEVTIKA TARMOG’INI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI VA “NATIONAL INSTITUTE OF BIOLOGY” O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
FARMATSEVTIKA TARMOG’INI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI VA “NATIONAL INSTITUTE OF BIOLOGY” O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

20-Noyabr, 2025-yil 16:02

FARMATSEVTIKA TARMOG’INI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI VA “NATIONAL INSTITUTE OF BIOLOGY” O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Sloveniyaning National Institute of Biology (NIB) ga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida institut bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha memorandum imzolandi.

🤝 Shu bilan birga, mazkur kelishuv doirasida Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (ToshVZITI) uchun ham hamkorlik platformasini yo‘lga qo‘yish va tegishli memorandumni imzolashga erishildi.

📌 Uchrashuv davomida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi:
✅ qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish
✅ yosh mutaxassislar malakasini oshirish
✅ tajriba va bilim almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish

🚀 Ushbu kelishuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy, innovatsion va ta’limiy hamkorlikni yanada mustahkamlab, uni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.