
ToshVZITIda bugun farmatsevtika sohasi, ayniqsa farmaka nazorat yo‘nalishiga bag‘ishlangan muhim ilmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🌍🧑⚕️Institutga AQSHdan tashrif buyurgan o‘zbek olimi Ziyodulla Kushimov jamoaga farmaka nazoratning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha keng qamrovli ma’lumotlar taqdim etdi.
Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
✅ farmaka nazorat bo‘yicha mutaxassislarni malaka oshirish
✅ dori vositalarining sifatini ta’minlash
✅ xavfsizligini nazorat qilish
✅ aholiga yetkaziladigan har bir farmatsevtik mahsulotning ishonchliligini kafolatlash
🌐Ushbu uchrashuv institut mutaxassislari uchun xalqaro tajriba, amaliy ko‘nikmalar va farmaka nazorat sohasidagi dolzarb ilmiy tavsiyalar bilan boy bo‘ldi.