
Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Rajabov G‘ulom Xursanovichning lavozimi o‘zgargani munosabati bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rahbariyati, bo‘lim va laboratoriya mudirlari, ilmiy xodimlar hamda hamkasblar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida G‘ulom Xursanovichning institutdagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, ilmiy jarayonlarni tashkil etishdagi mas’uliyati, yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni hamda ToshVZITI rivojiga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, lavozimdan kuzatilishi bilan birga, G‘ulom Xursanovich endilikda institutning Epidemiologiya laboratoriyasi mudiri sifatida o‘z faoliyatini davom ettirishi ma’lum qilindi. Ushbu laboratoriya — institutning eng muhim ilmiy bo‘linmalaridan biri bo‘lib, epidemiologik tadqiqotlar, xavf baholash, monitoring va zamonaviy diagnostika yo‘nalishlarida ishlaydi.
Tadbir yakunida hamkasblar G‘ulom Xursanovichga yangi lavozimidagi ishlarida muvaffaqiyat tilab, kelgusidagi ilmiy faoliyatida yangi yutuqlar tiladilar.