Ilm-fan va texnologiya yo‘lida xalqaro hamkorlik!
Ilm-fan va texnologiya yo‘lida xalqaro hamkorlik!

28-Aprel, 2025-yil 10:48

Ilm-fan va texnologiya yo‘lida xalqaro hamkorlik!

Ilm-fan va texnologiya yo‘lida xalqaro hamkorlik!

Kuni kecha, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti va Hindistonning Techlead Software Engineering Pvt. Ltd. kompaniyasi o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlarda texnologik yechimlar bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi:

1) Polivalent zardoblarda gamma-globulin va IgG miqdorini aniqlash texnologiyalari
2) Brutsella bakteriyalarining kontsentratsiyasini aniqlash usullari
3) Salmonella guruhi tarkibidagi yuzaki antigenlarning hujayradagi joylashuvini aniqlash
4) Patogen mikroorganizmlarning LD50 (letal dozasi 50%) ni baholash metodikasi
5) Antibiotiklar uchun mikroorganizmlarning sezgirligini aniqlash

Shuningdek, aniqlik va samaradorlikni oshirish maqsadida bio image — laboratoriya jarayonlari, namunalar yoki tahlil natijalariga oid tasvirlar bilan ishlash imkoniyati haqida ham fikr almashildi.