Eronning Avitsenna instituti bilan xalqaro hamkorlik yo‘lida muhim qadam
Eron Respublikasining Tehron shahrida joylashgan Avitsenna ilmiy-tadqiqot institutiga O‘zbekiston – Eron xalqaro forumi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi, jumladan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti vakillari tashrif buyurdi.
Uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlarda kelishuvga erishildi:
Xomashyo bazasini shakllantirish va yetkazib berish;
Oqsillar va antitanalarni sintez qilish bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar olib borish;
Biotexnologiya, monoklonal antitanalar va bionanotexnologiyalar sohasida hamkorlik;
O‘zbekistonlik mutaxassislarning Avitsenna institutida malaka oshirishi;
Xalqaro grant loyihalarini birgalikda ishlab chiqish va ularda ishtirok etish;
Tomonlar o‘rtasida memorandum imzolandi. Hamkorlik biotexnologiya va farmatsevtika sohalarini rivojlantirishda muhim qadam bo’ladi.