Tanlov doirasida Toshkent Vaksina va Zardoblar Ilmiy-Tadqiqot Instituti olimlarining bir qator ilg‘or loyihalari muhokamasi bo’lib o’tdi
Loyiha muhokamalari farmatsevtika va biotexnologiya yo‘nalishlarida olib borilib, ularning ilmiy asoslanganligi, amaliy ahamiyati va innovatsion yondashuvlari ekspertlar tomonidan baholandi.
Vaksinalar, zardoblar va yangi diagnostika vositalarini ishlab chiqishga qaratilgan loyihalar alohida e’tiborni tortdi.
Bu tashabbuslar sog‘liqni saqlash tizimida milliy ilm-fanni mustahkamlash va mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirishga xizmat qiladi.