“Ilmiy almashinuv — xalqaro hamkorlik poydevori”
“Ilmiy almashinuv — xalqaro hamkorlik poydevori”

23-May, 2025-yil 14:36

“Ilmiy almashinuv — xalqaro hamkorlik poydevori”

“Ilmiy almashinuv — xalqaro hamkorlik poydevori” 

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti yana bir xalqaro tashrifni amalga oshirdi.

Qozog‘iston Respublikasi Astana Tibbiyot Universitetining farmatsevtika fakulteti 4-bosqich talabalari, katta o‘qituvchisi boshchiligida ushbu ilmiy maskanga O‘zbekistonga ishlab chiqarish amaliyoti doirasida tashrif buyurishdi.

Talabalar institut hududidagi ilonlar saqlanadigan bo‘limda zaharli ilonlarning saqlanishi, oziqlanishi va zahar olinishi kabi noyob ilmiy-texnologik jarayonlarni ko‘zdan kechirishdi.

Institut mutaxassisi mehmonlarga chuqur ma’lumot berib, o‘z bilim va tajribasini ulashdi. Talabalar esa bu noyob tajribadan chuqur taassurotlarga ega bo’ldilar.

Shuningdek, mehmonlar institutning zamonaviy laboratoriyalarini ko‘zdan kechirishdi, hamda kuni kecha bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy seminarda ishtirok etib, ilmiy muhitdan bevosita bahramand bo‘lishdi.