Amerikalik professor P. Ignatov Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida
Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida Amerikaning taniqli olimi, professor P. Ignatov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tashrif davomida professor institut rahbariyati, yetakchi olimlar hamda yosh mutaxassislar bilan muloqot qilib, amalga oshirilayotgan loyihalar va istiqboldagi rejalar bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv chog‘ida muhokama qilingan dolzarb masalalar:
Sil (tuberkulyoz)ga qarshi vaksina ustidagi izlanishlar, ilg‘or g‘oyalar va amaliy tatbiq
Analitik tahlil usullari va ularning qo‘llash imkoniyatlari
Ilmiy hamkorlik istiqbollari – qo‘shma maqolalar, tajriba almashinuvi, grant loyihalar
Uchrashuv doirasida yosh mutaxassislar o‘z ilmiy loyihalarini taqdim etdilar. Professor Ignatov ularning izlanishlariga ijobiy baho berib, xalqaro miqyosda qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.