Hamkorlik sari yangi qadam!
Bugun Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan onlayn uchrashuvda Toshkent Vaksina va Zardoblar Ilmiy-Tadqiqot Instituti vakillari Eronning nufuzli ilmiy muassasalari bilan muloqot olib bordilar.
Zoom platformasi orqali o‘tgan vebinar davomida:
ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlik imkoniyatlari,
qo‘shma loyihalar ustida ishlash,
mutaxassislar almashinuvi va tajriba orttirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqotda O‘zbekiston tomondan Agentlik va unga qarashli uchta ilmiy-tadqiqot instituti vakillari, Eron tomonidan esa farmatsiya va tibbiyot sohasidagi yetakchi oliygohlar va markazlar mutaxassislari ishtirok etdilar.
ToshVZITI uchun xalqaro ilmiy almashinuv va hamkorlik — ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Mazkur uchrashuv ikki tomonlama manfaatli aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish uchun mustahkam zamin yaratdi.