TOSHVZITIDA ILMIY-AMALIY MASTER-KLASS BO‘LIB O‘TDI
TOSHVZITIDA ILMIY-AMALIY MASTER-KLASS BO‘LIB O‘TDI

17-Iyul, 2025-yil 16:53

TOSHVZITIDA ILMIY-AMALIY MASTER-KLASS BO‘LIB O‘TDI

TOSHVZITIDA ILMIY-AMALIY MASTER-KLASS BO‘LIB O‘TDI

Bugun Toshkent vaksinа va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida doktorantlar va yosh izlanuvchilar uchun navbatdagi ilmiy-amaliy master-klass o‘tkazildi.

Spiker: f.f.d., dotsent Foziljonova Malika Shuxratjonovna aynan ushbu mashg‘ulotda “Ilmiy-tadqiqot ishlarini rasmiylashtirish tartibi, himoyaga tayyorlash, me’yoriy hujjatlar va himoya jarayonining bosqichlari” mavzusida muhim ma’lumotlar bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.

Tadbir ishtirokchilari qatorida institut doktorantlari, mustaqil izlanuvchilar, katta va yosh olimlar hamda ilmiy rahbarlar bo‘ldi.

Master-klass davomida quyidagi yo‘nalishlar yoritildi:

– Dissertatsiya mavzusini tanlash va asoslash mezonlari

– Ilmiy rahbar bilan samarali hamkorlik tamoyillari

– Me’yoriy hujjatlar to‘plamini to‘g‘ri rasmiylashtirish tartibi

– Himoya uchun dissertatsiyani taqdim etish bosqichlari

– Ilmiy kengashga tayyorgarlik va savol-javoblar bosqichi haqida so’z bordi.

Ochiq muloqot yakunida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan dolzarb savollarga batafsil va asosli javoblar oldi.

Mazkur master-klass izlanishlar yo‘lida qadam tashlayotgan yoshlar uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi va barcha tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.