SUN’IY INTELLEKT VA FARMATSEVTIKA INTEGRATSIYASI: TOSHVZITI YANGI BOSQICHDA

26.02.2026 13:20 30 ko'rish
SUN’IY INTELLEKT VA FARMATSEVTIKA INTEGRATSIYASI: TOSHVZITI YANGI BOSQICHDA

Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi va Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (TOSHVZITI) vakillari hamda InSilicoMinds kompaniyasi mutaxassislari o‘rtasida sun’iy intellekt va raqamli modellashtirish yo‘nalishida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🟢Taqdimot davomida biofaollikni miqdoriy tahlil qilish (Ki, EC50, IC50, Kd), biologik nishonlarni (biological targets) aniqlash hamda dori vositalarining samaradorligini sun’iy intellekt yordamida prognozlash imkoniyatlari namoyish etildi.

📌Shuningdek, in silico modellar orqali:
✅bioekvivalentlikni virtual baholash,
✅PBPK va IVIVC modellashtirish,
✅formulatsiya parametrlarini optimallashtirish,
✅ ishlab chiqarish jarayonlarini raqamli tahlil qilish masalalari muhokama qilindi.

🔬 Mazkur uchrashuv farmatsevtika sohasida an’anaviy klinik yondashuvlarni raqamli simulyatsiya bilan integratsiya qilish hamda ilmiy-tadqiqot jarayonlarini tezlashtirish vaksina va zardoblar yaratilishda uyg’unlashtirish istiqbollarini ochib beradi.

🌍Sun’iy intellekt asosidagi yechimlar dori vositalarini ishlab chiqish jarayonida vaqt va resurslarni optimallashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

🧪 TOSHVZITI AXBOROT XIZMATI