TOSHVZITI VA INSILICOMINDS O‘RTASIDA ILMIY HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

13.03.2026 16:36 21 ko'rish
TOSHVZITI VA INSILICOMINDS O‘RTASIDA ILMIY HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (TOSHVZITI) hamda InSilicoMinds xalqaro ilmiy platformasi vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📌Uchrashuv davomida zamonaviy ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari, innovatsion texnologiyalar hamda bioinformatika asosidagi ilmiy ishlanmalarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ilmiy salohiyatni yanada oshirishga qaratilgan istiqbolli tashabbuslar bo‘yicha muhokamalar olib bordilar.

✅Muloqot jarayonida zamonaviy ilmiy yondashuvlarni tadqiqot faoliyatiga joriy etish, ilmiy tahlil imkoniyatlarini kengaytirish hamda innovatsion ishlanmalar ustida hamkorlikda ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝Uchrashuv yakunida tomonlar ilmiy tajriba almashish, istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

🧪 TOSHVZITI AXBOROT XIZMATI