TOSHVZITI VA LATVIYA ORGANIK SINTEZ INSTITUTI: YANGI ILMIY HAMKORLIK BOSQICH
Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti hamda Latviya Organik sintez instituti vakillari o‘rtasida navbatdagi onlayn formatda samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarini kengaytirish, organik sintez sohasidagi ilg‘or yondashuvlar, zamonaviy ilmiy metodlar hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Taqdimot jarayonida institutning ilmiy laboratoriyalari, jumladan biotexnologiya, immunologiya, mikrobiologiya, virusologiya hamda zardoblarni tozalash va konsentratsiyalash yo‘nalishlari bo‘yicha mavjud salohiyati namoyish etildi.
Shuningdek, ilmiy tajriba almashish, innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash, mutaxassislar malakasini oshirish hamda uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur uchrashuv ToshVZITIning xalqaro ilmiy maydondagi o‘rnini mustahkamlash, yetakchi xorijiy ilmiy markazlar bilan aloqalarni kengaytirish va biofarmatsevtika yo‘nalishidagi yangi tashabbuslarni rivojlantirish uchun katta zamin yaratadi.
ToshVZITI axborot xizmati