XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA KLINIK TADQIQOTLAR: TOSHVZITIDA MUHIM UCHRASHUV
Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida xalqaro klinik tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🟢Uchrashuv davomida CRO (Contract Research Organization) agentlari bilan hamkorlik qilish, xalqaro klinik tadqiqotlarni bolalar hamda gematologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan kattalar o‘rtasida tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi. 📌Shuningdek, dori vositalarini xalqaro standartlar asosida klinik sinovdan o‘tkazish, tadqiqot jarayonlarini muvofiqlashtirish va monitoring qilish mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar xalqaro hamkorlik doirasida mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish, o‘quv dasturlarini tashkil etish hamda tajriba almashish masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlashdi. ✅Mazkur uchrashuv institutda zamonaviy va xalqaro talablarga mos klinik tadqiqotlarni kengaytirish hamda ilmiy salohiyatni yanada mustahkamlash yo‘lida muhim tashabbus bo‘ldi. 🧪TOSHVZITI AXBOROT XIZMATI shun tarjima qilib ber