YOSH OLIMALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — UN WOMEN BILAN AMALIY MULOQOT

25.02.2026 16:36 25 ko‘rish
YOSH OLIMALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — UN WOMEN BILAN AMALIY MULOQOT

Bugungi kunda ayollarning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi faolligini oshirish hamda yosh olimalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari xalqaro hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangan.

📆Shu munosabat bilan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Fan, ta’lim va innovatsiyalar bo‘limi hamda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutining bir qator vakillari bilan BMTning Ayollar tashkiloti — UN Women vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔵Suhbat davomida ayollarni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, startap dasturlarda ayollar ishtirokini kengaytirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatida gender yondashuvni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

📌Tomonlar ayol tadbirkorlar va yosh olimalar uchun treninglar tashkil etish, raqamli ko‘rgazmalar va xalqaro platformalarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

🔘Uchrashuv yakunida kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va amaliy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

🧪 TOSHVZITI AXBOROT XIZMATI