“KARYERA KUNI – 2026”: YOSHLAR UCHUN KASBIY IMKONIYATLAR MAYDONI
Alfraganus universitetida yoshlar bandligini ta’minlash, talabalar va bitiruvchilarni mehnat bozoridagi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Karyera kuni – 2026” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirda turli tashkilotlar, korxonalar, ta’lim muassasalari hamda soha vakillari ishtirok etib, yoshlarga mavjud ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar taqdim etdi.
Mazkur tadbirda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ham faol ishtirok etdi.
Institut vakillari tomonidan talabalarga farmatsevtika, biotexnologiya, laboratoriya tadqiqotlari va ilmiy faoliyat yo‘nalishlaridagi imkoniyatlar, yosh mutaxassislar uchun kasbiy rivojlanish istiqbollari haqida ma’lumot berildi.
“Karyera kuni – 2026” tadbiri yoshlarni kelajak kasbiga yo‘naltirish, ularda mehnat bozori talablariga mos ko‘nikmalarni shakllantirish hamda ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ladi.
ToshVZITI axborot xizmati