TOSHVZITI VA YONSEI UNIVERSITY: ILMIY HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

TOSHVZITI VA YONSEI UNIVERSITY: ILMIY HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Fan, ta’lim va innovatsiyalar bo‘limi, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti hamda Janubiy Koreyaning nufuzli ilmiy-ta’lim muassasalaridan biri — Yonsei University vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida zamonaviy farmakologiya va biotibbiyot yo‘nalishlaridagi ilmiy izlanishlar, xususan, network pharmacology asosidagi tadqiqotlar, biofaol birikmalarni aniqlash, ularning molekulyar nishonlarini belgilash hamda farmakologik mexanizmlarni tahlil qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar o‘rtasida innovatsion ilmiy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish, o‘zaro tajriba almashish, yosh tadqiqotchilar salohiyatini oshirish hamda istiqboldagi qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va istiqbolli tadqiqot yo‘nalishlarida aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

ToshVZITI axborot xizmati