TOSHVZITI VA YONSEI UNIVERSITETI: ANGLASHUV MEMARANDUMI

TOSHVZITI VA YONSEI UNIVERSITETI: ANGLASHUV MEMARANDUMI

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti hamda Janubiy Koreyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Yonsei University Farmatsiya fakulteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, farmatsiya va biotibbiyot yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Hamkorlik doirasida ilmiy izlanishlar, akademik aloqalar, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuvi va istiqbolli tadqiqot yo‘nalishlarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Ushbu kelishuv TOSHVZITIning xalqaro ilmiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda zamonaviy farmatsevtika ilm-fani rivojiga hissa qo‘shish yo‘lidagi muhim bosqichlardan biridir.

ToshVZITI axborot xizmati