TOSHVZITI VA A*STAR O‘RTASIDA ONLAYN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

TOSHVZITI VA A*STAR O‘RTASIDA ONLAYN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Fan, ta’lim va innovatsiyalar bo‘limi, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti hamda Singapurning nufuzli ilmiy markazlaridan biri — A*STAR (Agency for Science, Technology and Research) vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida tomonlar ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, mutaxassislarning malakasini oshirish, tajriba almashish hamda istiqboldagi qo‘shma PhD dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, muloqot jarayonida ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, yosh tadqiqotchilar uchun xalqaro ta’lim va ilmiy imkoniyatlarni kengaytirish, qo‘shma loyihalar va akademik almashinuv dasturlarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur uchrashuv ikki muassasa o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ilmiy salohiyatni oshirish hamda xalqaro integratsiyani kengaytirish yo‘lida muhim bosqich bo’lishi ko’zda tutilgan.

TOSHVZITI AXBOROT XIZMATI